FAST TRACK XIZMATI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga Fast Track xizmati taqdim etiladi. Mazkur xizmat yo‘lovchilarga maxsus ajratilgan yo‘lak orqali uchib ketishda pasport va aviatsiya xavfsizligi nazoratidan, uchib kelishda esa pasport nazoratidan tezlashtirilgan tartibda o‘tish imkonini beradi.
Fast Track xizmati Toshkent xalqaro aeroportining xalqaro terminalida, uchib ketish va uchib kelish zallarida taqdim etiladi.
“HighPass” kompaniyasi Fast Track xizmatining texnologik provayderi vazifasini bajaradi. “HighPass” — Fast Track, Business Lounge, Meet & Greet va VIP xizmatlarini o‘z ichiga olgan aeroport va turistik xizmatlarni raqamli platformalar orqali integratsiya qilish, bron qilish va sotish bo‘yicha texnologik yechimlarni taqdim etuvchi xalqaro kompaniya.
“HighPass” aeroportlar, aviakompaniyalar, xalqaro to‘lov tizimlari, banklar, sodiqlik dasturlari, turistik kompaniyalar, onlayn turistik agentliklar (OTA) va turizm sohasining boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniyaning API, Widget va White Label kabi texnologik yechimlari aeroport xizmatlarini bevosita raqamli savdo kanallari, bank mahsulotlari va hamkorlarning sodiqlik dasturlariga integratsiya qilish imkonini beradi.
“HighPass” ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 120 ta mamlakatdagi 700 dan ortiq aeroport bilan hamkorlik qiladi hamda 10 000 dan ortiq aeroport va turistik xizmatlarni onlayn bron qilish imkoniyatini taqdim etadi. “HighPass”, shuningdek, ACI World Business Partner maqomiga ega.
Fast Track aeroportdagi tegishli nazorat bosqichlaridan tezlashtirilgan tartibda o‘tishni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tizim asosida ishlaydi. Yo‘lovchi maxsus “HighPass” Fast Track gate (turniket/darvoza) orqali o‘tishda o‘z vaucherini skanerlash yoki tegishli boshqa usul orqali xizmatdan foydalanish huquqini tasdiqlaydi. Muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng yo‘lovchiga Fast Track uchun ajratilgan yo‘lakdan foydalanish imkoniyati beriladi.
1. Fast Track nuqtalarining joylashuvi
Xalqaro terminalda uchta Fast Track nuqtasi mavjud:
- Uchib ketish, Hall A — Fast Track gate terminalning chap qismida, taxminan 15-sonli ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi hududida;
- Uchib ketish, Hall B — Fast Track gate terminalning o‘ng qismida, taxminan 38–39-sonli ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtalari hududida;
- Uchib kelish — Fast Track gate xalqaro uchib kelish zalida, pasport nazoratidan oldin joylashgan.
Fast Track gate’lari oldida xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotlar va undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar joylashtirilgan maxsus navigatsion arkalar o‘rnatilgan.
Fast Track xizmatidan foydalanish huquqini oldindan rasmiylashtirmagan yo‘lovchilar xizmatni bevosita aeroportda xarid qilishlari mumkin. Buning uchun Fast Track gate yonidagi yo‘riqnomaga amal qilish va “HighPass” arkasida joylashtirilgan QR-kodni skanerlash orqali xizmatni xarid qilish sahifasiga o‘tishi lozim.
2. Fast Track xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin
Fast Track xizmatidan quyidagi usullardan biri orqali foydalanish mumkin.
QR-kodli vaucherlar
Quyidagi vaucherlar qabul qilinadi:
- “HighPass” voucher;
- “DragonPass” voucher;
- “Priority Pass” voucher.
Bank dasturlari
Quyidagilar qabul qilinadi:
- Mastercard Travel Pass orqali rasmiylashtirilgan Fast Track vaucheri;
- Visa Concierge orqali rasmiylashtirilgan Fast Track vaucheri.
Visa premium kartalari
Tegishli shartlarga javob beradigan Visa premium kartalari egalari ham Fast Track xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin:
- Visa Signature;
- Visa Platinum;
- Visa Infinite.
Visa premium kartasi orqali Fast Track xizmatidan foydalanish huquqini tekshirish uchun yo‘lovchi kartani Fast Track gate’da o‘rnatilgan maxsus Visa POS-terminaliga tekkizishi lozim.
Tizim ushbu karta bo‘yicha amaldagi Visa sodiqlik dasturi doirasida Fast Track xizmatidan foydalanish huquqi mavjudligini avtomatik ravishda tekshiradi.
Agar xizmatdan foydalanish huquqi tasdiqlansa, yo‘lovchiga Fast Track orqali o‘tish imkoniyati beriladi.
Diqqat bilan etibor qiling: Visa Signature, Visa Platinum yoki Visa Infinite kartasining mavjudligi o‘z-o‘zidan Fast Track xizmatidan foydalanish huquqini kafolatlamaydi. Bunday huquq muayyan karta mahsuloti va unga tegishli sodiqlik dasturi shartlariga muvofiq belgilanadi.
Diqqat bilan etibor qiling: maxsus Visa POS-terminal Fast Track xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishga mo‘ljallanmagan. Fast Track gate’da o‘rnatilgan mazkur POS-terminal faqat Visa sodiqlik dasturi doirasida yo‘lovchining xizmatdan foydalanish huquqini tekshirish uchun qo‘llaniladi.
3. Fast Track xizmatini qanday xarid qilish mumkin
Hozirgi vaqtda Fast Track xizmatini masofadan turib xarid qilishning rasmiy kanali “HighPass” onlayn platformasi hisoblanadi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “HighPass” platformasidagi xizmatni xarid qilish sahifasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkonini beruvchi QR-kodlar Toshkent xalqaro aeroporti terminalidagi Fast Track arkalarida ham joylashtirilgan.
Bundan tashqari, Fast Track xizmatini “HighPass” bilan hamkorlik qiluvchi turistik kompaniyalar, chipta agregatorlari, onlayn turistik agentliklar (OTA) va xizmat safarlarini boshqaruvchi kompaniyalar (TMC) kabi hamkorlik kanallari orqali ham rasmiylashtirish mumkin.
Shuningdek, yo‘lovchilar “HighPass” hamkorlarining sodiqlik va premium xizmat ko‘rsatish dasturlari doirasida Fast Track xizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin, jumladan:
- Mastercard Travel Pass;
- Visa Concierge;
- Priority Pass;
- DragonPass.
Mazkur hamkorlik dasturlari doirasida Fast Track xizmatidan foydalanish shartlari tegishli operator tomonidan belgilanadi va karta toifasi, xizmat ko‘rsatish dasturi hamda boshqa ishtirok etish shartlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yaqin vaqt ichida Fast Track xizmatini xarid qilish imkoniyatini“Uzbekistan Airports” AJning rasmiy veb-sayti va mobil ilovalariga ham integratsiyaqilish rejalashtirilgan. Bu yo‘lovchilarga xizmatni bevosita “Uzbekistan Airports” AJning raqamli platformalari orqali rasmiylashtirish imkonini beradi.
4. Fast Track xizmatidan foydalanish tartibi
Yo‘lovchi Fast Track gate oldiga keladi va quyidagi usullardan biri orqali xizmatdan foydalanish huquqini tasdiqlaydi:
QR-kodli vaucher / bank dasturi orqali rasmiylashtirilgan vaucher / POS-terminal orqali tegishli Visa premium kartasi / aeroportning o‘zida xarid qilingan Fast Track xizmati uchun QR-kodli chek.
Xizmatdan foydalanish huquqi muvaffaqiyatli tasdiqlangandan so‘ng Fast Track gate ochiladi va yo‘lovchiga tegishli Fast Track yo‘lagidan foydalanish imkoniyati beriladi.
Uchib ketishda Fast Track xizmatidan foydalanish tartibi
Uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun Fast Track xizmati pasport nazorati va aviatsiya xavfsizligi nazoratidan tezlashtirilgan tartibda o‘tish imkonini beradi.
Yo‘lovchi Fast Track gate’da xizmatdan foydalanish huquqini tasdiqlaganidan so‘ng pasport nazoratidan Fast Track uchun ajratilgan yo‘lak orqali o‘tadi.
Keyinchalik aviatsiya xavfsizligi nazoratidagi Fast Track yo‘lagidan foydalanish uchun yo‘lovchi xizmatdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni mas’ul xodimga taqdim etishi lozim.
Yo‘lovchining Fast Track hududida bo‘lishi yoki pasport nazoratiga qadar Fast Track gate orqali o‘tganligining o‘zi aviatsiya xavfsizligi nazoratidagi Fast Track yo‘lagidan foydalanish uchun yetarli asos hisoblanmaydi.
Aviatsiya xavfsizligi nazoratidagi Fast Track yo‘lagidan foydalanish uchun yo‘lovchi quyidagi tasdiqlovchi hujjatlardan birini taqdim etishi lozim:
QR-kodli Fast Track vaucheri
Quyidagi vaucherlar qabul qilinadi:
- HighPass;
- DragonPass;
- Priority Pass.
Bank dasturi orqali rasmiylashtirilgan vaucher
Quyidagilar qabul qilinadi:
- Mastercard Travel Pass orqali rasmiylashtirilgan Fast Track vaucheri;
- Visa Concierge orqali rasmiylashtirilgan Fast Track vaucheri.
Mazkur dasturlar bo‘yicha Fast Track yo‘lagidan foydalanish uchun QR-kodli rasmiylashtirilgan vaucher asos hisoblanadi. Bank kartasining o‘zi xizmatdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanmaydi.
Fast Track xizmatini aeroportda xarid qilinganligini tasdiqlovchi chek
Yo‘lovchi reysga ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Fast Track xizmatini bevosita aeroportda xarid qilishi mumkin.
Bunday holatda Fast Track xizmatidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi chek taqdim etiladi. Chekda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
- aeroport / Toshkent aeroportining manzili;
- Fast Track xizmatining nomi;
- xizmat xarid qilingan sana.
Uchib kelishda Fast Track xizmatidan foydalanish tartibi
Xalqaro reys bilan uchib kelayotgan yo‘lovchilar uchun Fast Track xizmati pasport nazoratidan tezlashtirilgan tartibda o‘tish imkonini beradi.
Yo‘lovchi xalqaro uchib kelish zalida pasport nazoratidan oldin joylashgan Fast Track gate oldiga keladi va tegishli vaucher yoki xizmatdan foydalanish huquqini tasdiqlashning boshqa mavjud usuli orqali o‘z huquqini tasdiqlaydi.
Xizmatdan foydalanish huquqi muvaffaqiyatli tasdiqlangandan so‘ng Fast Track gate ochiladi va yo‘lovchi pasport nazoratidan o‘tish uchun ajratilgan Fast Track yo‘lagi orqali harakatlanadi.
Pasport nazoratidan o‘tgandan so‘ng yo‘lovchi uchib kelish bilan bog‘liq keyingi jarayonlardan umumiy belgilangan tartibda, jumladan bagajni olish va zarur hollarda bojxona nazoratidan o‘tadi.
Uchib kelishda Fast Track xizmatidan foydalanish faqat pasport nazoratidan tezlashtirilgan tartibda o‘tishni nazarda tutadi va bagajni olish, bojxona nazorati yoki uchib kelish bilan bog‘liq boshqa jarayonlardan ustuvor tartibda o‘tish imkoniyatini bermaydi.
5. Fast Track operatori — “HighPass” bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar
Fast Track xizmatiga buyurtma berish, vaucherlar, QR-kodlar, xizmatdan foydalanish bilan bog‘liq muammolar, to‘lovlar hamda boshqa operatsion masalalar yuzasidan “HighPass Support” xizmatiga murojaat qilish lozim:
Email: support@highpass.aero
Telefon: +372 602 7681
WhatsApp: +372 5843 5962
Veb-sayt: highpass.aero
09 Jan, 2022